date

Mujtabo Xominaiy omma oldida ko‘rinmayotgani sababi ochiqlandi

Mujtabo Xominaiy omma oldida ko‘rinmayotgani sababi ochiqlandi

Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Eronning yangi oliy rahbari, 56 yoshli Mujtabo Xominaiy og‘ir jarohatlardan keyin tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. U yuz va oyoq qismidan jiddiy shikast olgan bo‘lsa-da, muhim qarorlarni qabul qilish qobiliyatini saqlab qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xominaiy AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviazarba ortidan omma oldida ko‘rinish bermagan. O‘sha hujumda uning yuz qismi og‘ir jarohatlangani, shuningdek bir yoki ikkala oyog‘iga zarar yetgani qayd etilgan. Rasmiy Tehron esa uning sog‘lig‘i bo‘yicha batafsil izoh bermagan.

Shunga qaramay, u Vashington bilan o‘t ochishni to‘xtatish kabi muhim siyosiy jarayonlarni shaxsan nazorat qilayotgani aytilmoqda. AQSh razvedkasi va ayrim rasmiylar ham uning yaralangan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan.

Tahlilchilarga ko‘ra, Mujtabo Xominaiy Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan yaqin aloqalari tufayli otasining siyosiy yo‘nalishini davom ettirishi ehtimoli yuqori hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Mujtabo Xominaiy omma oldida ko‘rinmayotgani sababi ochiqlandi