date

“Uch mushketyor” qahramoni d’Artanyan qabri topilgani taxmin qilinmoqda

“Uch mushketyor” qahramoni d’Artanyan qabri topilgani taxmin qilinmoqda

Niderlandiyaning Maastrixt shahrida joylashgan Muqaddas Pyotr va Pavel cherkovida mashhur fransuz mushketyori d’Artanyanga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan qoldiqlar aniqlangani ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, cherkov pol qismi cho‘kishi natijasida olib borilgan qazish ishlari chog‘ida inson skeleti topilgan. Qoldiqlar bilan birga fransuz tangasining ham chiqishi dafn etilgan shaxs yuqori martabaga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Tarixiy manbalarda d’Artanyan 1673 yilda Maastrixt qamalida halok bo‘lgani va aynan shu hududda dafn etilgani ehtimoli qayd etiladi. Hozirda olimlar topilgan jag‘ suyaklaridan olingan DNK namunalarini laboratoriya sharoitida tekshirmoqda.

Tadqiqotchilar bu qoldiqlar d’Artanyanga tegishli bo‘lishi ehtimolini istisno qilmayapti, biroq yakuniy xulosa genetik tahlil natijalaridan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » “Uch mushketyor” qahramoni d’Artanyan qabri topilgani taxmin qilinmoqda