Livan Isroil bilan muzokaralar haqidagi xabarlarni rad etdi

Livan Isroil bilan muzokaralar haqidagi xabarlarni rad etdi
Qisqacha

Livan rasmiylari Isroil bilan muzokaralar o‘tkazilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bayrut hukumati xalqaro kanallar orqali hech qanday taklif yoki rasmiy ma’lumot kelib tushmaganini ta’kidladi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ikki davlat o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha muzokaralar ehtimoli haqida yozgan edi. Biroq, ushbu uchrashuvning aniq joyi va ishtirokchilari ma’lum emas.

AFP agentligining mamlakat hukumatiga tayanib xabar berishicha, Livan rasmiylari Isroil bilan o‘tkazilishi aytilgan muzokaralar haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirgan.

Bayrut rasmiylari xalqaro kanallar orqali bu borada hech qanday taklif yoki rasmiy xabar kelib tushmaganini ta’kidlagan.

Avvalroq esa AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Isroil va Livan o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini yozgan edi.

Biroq ushbu uchrashuvda qaysi darajadagi rasmiylar ishtirok etishi va muzokaralar qayerda bo‘lib o‘tishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar