
Filippining Mindanao oroli yaqinida, Tagum shahridan 242 kilometr janubi—sharqda 5,5 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Rossiya Geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lum qildi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Uning epimarkazi 6,06 daraja shimoliy kenglik va 127,56 daraja sharqiy uzunlikda joylashdi.
Epimarkazdagi silkinish kuchiga ko‘ra seysmik hodisa «o‘ta kuchli» deb baholandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Filippinning mazkur hududida uchta er silkinishi sodir bo‘lgani bildirilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar