Nilufar Hamidova yangi arabcha yozuvining ma’nosini izohladi

Nilufar Hamidova yangi arabcha yozuvining ma’nosini izohladi

Aktrisa Nilufar Hamidovaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yangi videosi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Videoda san’atkorning bo‘yin qismidagi arabcha yozuv ko‘pchilik e’tiborini tortib, uning ma’nosi yuzasidan turli taxminlar paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng aktrisa o‘zining Instagram sahifasi orqali maxsus videomurojaat e’lon qilib, ushbu yozuvning asl mazmuniga oydinlik kiritdi.

Uning aytishicha, bo‘yin qismidagi nafis arabcha yozuv "Sabr qilgan odam g‘alaba qozonadi" degan chuqur ma’noni anglatadi.

Nilufar Hamidovaning ta’kidlashicha, bu yozuv shunchaki bezak emas, balki uning hayotiy qarashlari va sabr-toqatning inson hayotidagi o‘rnini ifodalovchi ramziy tanlov hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar