Surxondaryolik ayol erkakni qo‘rqitib pul undirmoqchi bo‘ldi

Surxondaryolik ayol erkakni qo‘rqitib pul undirmoqchi bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida yashovchi ayol Shahrisabzlik erkakni turli bahonalar bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilib kelgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 38 yoshli Shahrisabzlik erkak xizmat safari davomida avtomobilida yo‘lovchi sifatida 34 yoshli Surxondaryolik ayolni manziliga olib borgan. Shu tariqa ular o‘rtasida tanishuv yuzaga kelgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol ushbu tanishuvdan foydalanib, erkakdan pul undirishni boshlagan. Dastlab u erkakning yonida bir kun qolganini bahona qilib, 500 ming so‘m olgan. Oradan ikki kun o‘tib esa uni javobgarlikka torttirishini aytib qo‘rqitgan va yana 3 million so‘m talab qilgan.

Shuningdek, ayol turmushga chiqishi hamda shifokor ko‘rigidan o‘tishi kerakligini vaj qilib, erkakdan muntazam ravishda pul so‘rashda davom etgan. Bosim va tahdidlardan charchagan erkak huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol erkakdan navbatdagi 1 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar