Hindistondagi mehmonxona yong‘inida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Hindistondagi mehmonxona yong‘inida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Qisqacha

Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi mehmonxonada sodir bo'lgan yong'in qurbonlari orasida bir nafar O'zbekiston fuqarosi ham borligi ma'lum qilindi. Malviya Nagar tumanidagi mehmonxonada yuz bergan ushbu fojia oqibatida jami 21 kishi halok bo'ldi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Randhir Jaysvalga ko'ra, qurbonlarning 13 nafari xorijiy davlatlar, jumladan, Mozambik, Nigeriya, Qirg'iziston, O'zbekiston, Bangladesh, Liberiya, Kongo va Iroq fuqarolaridir.

Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in qurbonlari orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham borligi ma’lum qilindi.

Avvalroq Malviya Nagar tumanidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘inda 21 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Randhir Jaysvalning bildirishicha, halok bo‘lganlar orasida 13 nafar xorijiy fuqaro bor. Ular Mozambik, Nigeriya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Bangladesh, Liberiya, Kongo va Iroq fuqarolaridir.

Shuningdek, hodisa oqibatida 20 nafardan ortiq xorijlik jabrlangan. Hindiston tomoni halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning elchixonalari bilan hamkorlikda zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar