Qozog‘istonda chiroyli sana sabab minglab juftliklar bir kunda nikohdan o‘tdi

Qozog‘istonda 26.06.2026 sanasi o‘ziga xos va esda qolarli sana sifatida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu kuni nikohdan o‘tishni istagan juftliklar soni keskin oshib, mamlakat bo‘ylab 4 mingdan ortiq nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirildi.
Eng ko‘p murojaatlar Olmaota shahridan qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 830 ta, poytaxt Ostonada esa 740 ta juftlik aynan ushbu sanani tanlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur sanada o‘tkazilgan to‘y marosimlaridan lavhalar keng tarqalmoqda. Foydalanuvchilar chiroyli sanani oilaviy hayot uchun unutilmas boshlanish deb baholab, yangi oila qurgan juftliklarni tabriklab, ularga baxt va totuvlik tilashmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…