Turkmanistonda erkak olti farzandini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi

Turkmanistonda erkak olti farzandini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi

Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida dahshatli oilaviy fojia sodir bo‘ldi. Erkak uxlab yotgan olti nafar farzandining hayotiga zomin bo‘lib, undan so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 21 iyun kuni Go‘ro‘g‘li tumanida yuz bergan. Bolalarning onasi o‘sha vaqtda Rossiyada ishlayotgan bo‘lgan. 1984 yilda tug‘ilgan Muhammet Gulbayev farzandlarini o‘ldirganidan so‘ng o‘zini ham otib o‘ldirgan.

Qishloq aholisining aytishicha, maktabni bir yil avval tamomlagan katta qizi hodisa vaqtida onasiga qo‘ng‘iroq qilib, «U bizni o‘ldiryapti!» deb yordam so‘rashga ulgurgan. Onasi eridan bu ishni qilmaslikni so‘ragan, ammo fojianing oldini olishning imkoni bo‘lmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammet Gulbayev avval avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullangan. Keyinchalik boshidan og‘ir jarohat olgach, uning ruhiy holati o‘zgargan va psixonevrologiya dispanserida ro‘yxatga olingan.

Oilaning yaqinlari onasi moliyaviy qiyinchiliklar sabab Rossiyaga ishlashga ketganini, qizlaridan birini ham o‘qishini davom ettirishi uchun o‘zi bilan olib ketishni rejalashtirganini aytgan.

Hodisadan keyin psixonevrologiya dispanserida ro‘yxatda turgan shaxsning uyida qanday qilib o‘qotar qurol saqlangani va bu haqda mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar xabardor bo‘lgan-bo‘lmagani haqida savollar ko‘tarilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar