Prezident farmoni bilan bir guruh faol yoshlar mukofotlandi

1 daqiqa o'qish130
Prezident farmoni bilan bir guruh faol yoshlar mukofotlandi

Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonning turli sohalarda yuksak natijalarga erishgan, tashabbuskor va faol yoshlaridan iborat bir guruh vakillar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 29 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonda belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, mukofot mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘z bilim va salohiyati, iste’dodi, mehnatsevarligi hamda vatanparvarligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlarga topshiriladi. Shuningdek, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini yanada rag‘batlantirish maqsadi ko‘zlangan.

Bu yilgi mukofot sohiblari orasida talaba va doktorantlar, yosh olimlar, shifokor, o‘qituvchi, muhandis, fermer, tadbirkor, sportchi, xonanda, uchuvchi, startap asoschilari, mahalla yoshlar yetakchilari hamda davlat va xususiy tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlar bor.

Jumladan, mukofotlanganlar orasida Shahzoda Azatova, Kamola Odiljonova, Jahongir Bafoyev, Asal Ziyodova, Sulaymon Istamtoshev, Qobiljon Salohiddinov, Sabina Mustayeva, Temur Rahimberdiyev, Muhammadsaid Mamasaidov, Laylo Aslonova, Akmal Abduxoliqov, Ozoda Yunusova, Azizaoy Mirfayzullayeva, Sevinch Rahimova, Zilola Mo‘ydinova, Feruzjon Safolov, Mohira Jalolova, Pokiza Nurmamatova, Hamidjon Odilov va Lobarxon Xo‘jamberdiyeva o‘rin olgan.

Mazkur mukofot yoshlarning ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, tadbirkorlik, madaniyat, sanoat hamda jamoatchilik sohalaridagi fidokorona mehnati va erishgan yutuqlarining yuksak e’tirofi sifatida topshirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?