Ikki opa-singil ijara uyidagi suratda o‘zlarini ko‘rib qolishdi

2 daqiqa o'qish67.2K
Ikki opa-singil ijara uyidagi suratda o‘zlarini ko‘rib qolishdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHning Yuta shtatida yashovchi Libbi Birrell va Obri Birrell ismli ikki opa-singil Airbnb orqali ijaraga olingan uy devoridagi suratda o‘z oilasi a’zolarini ko‘rib chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi.
  • Iyul oyi boshida bobosining 80 yoshligini nishonlash uchun Kaliforniyaning San-Diyego shahri yaqinidagi Oushensayd hududiga borgan oila a’zolari devordagi ramkada o‘n yil avval tushirilgan o‘z suratlarini payqadi.

AQSHning Yuta shtatida yashovchi ikki opa-singil — Libbi Birrell va Obri Birrell ijtimoiy tarmoqlarda kutilmagan voqea tufayli mashhurlikka erishdi. Ular Airbnb orqali ijaraga olgan uy devorida osig‘liq turgan suratda o‘z oilasi a’zolarini ko‘rib qoldi. Avvaliga bu holat ularni chuqur hayratga solgan bo‘lsa, keyinchalik uning ortidagi sir ham ma’lum bo‘ldi.

Fox News Digital'ga bergan intervyusida opa-singillar mazkur voqeani ilk bor ko‘rganida ancha qo‘rqib ketganini tan oldi. Ular iyul oyi boshida bobosining 80 yoshligini nishonlash uchun qariyb 30 nafar qarindoshi bilan Kaliforniyaning San-Diyego shahri yaqinidagi Oushensayd hududida joylashgan ijara uyiga kelgan.

Devordagi ramkaga joylangan sohil suratini ko‘rishi bilan ular undagi insonlar o‘z oilasi ekanini payqagan.

«Suratni ko‘rishimiz bilan hammani chaqirdik. Barcha hayratda qoldi. Do‘stlarimga videoqo‘ng‘iroq qildim, chunki ular ham oilamizni yaxshi taniydi. Ular ham ishona olmadi», — dedi Obri Birrell.

Uning aytishicha, birinchi kechasi bu holat sabab o‘zlarini ancha noqulay his qilishgan.

«Rostini aytsam, biroz qo‘rqib ketdik. “Nahotki ular bizning kelishimizni oldindan bilgan bo‘lsa?” degan xayol ham o‘tdi. Bu juda g‘alati va sirli tuyuldi», — deydi u.

Keyinchalik oila a’zolari uy egasidan surat haqida so‘rashgan. Ma’lum bo‘lishicha, uy interyerini bezagan fotograf San-Diyego sohillarida dron orqali olingan manzaralarni san’at asari sifatida kattalashtirib, dam olish uylariga joylashtirib kelar ekan.

Uy ichida hayron qolgan ikki qiz va devordagi dengiz manzarali rasm.

Tarqalib ketgan suratda Obrining otasi ham suratga diqqat bilan qarab: «Bu menga o‘xshayapti», deydi. Avvaliga qizlar bu gapga ishonmaydi. Biroq keyinchalik suratda haqiqatdan ham otasi, Libbi va akasi Breydining taxminan o‘n yil avvalgi tasviri aks etganini anglashadi.

«Bizda hali ham o‘sha cho‘milish kiyimlari bor. Bu rasmda haqiqatan ham biz tasvirlanganmiz», — deydi Libbi.

Opa-singillarning fikricha, mazkur surat taxminan o‘n yil avval Mishn-Bich yoki Imperial-Bich sohilida tushirilgan. O‘sha vaqtda ular akalarining futbol musobaqasi munosabati bilan oilaviy sayohatda bo‘lgan.

Biroq voqeaning barcha sirlari to‘liq ochilmagan. Tarqalib ketgan surat ostida ayrim foydalanuvchilar xuddi shu sohil suratini boshqa Airbnb uylari va hatto Floridadagi ayrim xonadonlarda ham ko‘rganini yozgan. Bu ma’lumotlar tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar ham turlicha kechdi. Ayrimlar bu voqeani qo‘rqinchli film boshlanishiga o‘xshatgan bo‘lsa, boshqalar o‘zlari ham shunga o‘xshash holatlarga duch kelganini aytib o‘tdi. Kimdir do‘kondagi fotoramkadan, yana kimdir boshqa shtatdagi reklama bukletidan o‘zini ko‘rib qolganini yozgan.

Voqeadan so‘ng uy egasi hatto mazkur sohil suratining nusxasini oilaga sovg‘a qilishni ham taklif etgan. Bugun esa Birrell opa-singillari bu kutilmagan hodisani qo‘rqinchli emas, balki qiziq va unutilmas xotira sifatida eslab yurishlarini aytishmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?