Coca-Cola ayrim yozuvlarni bankalarga tushirishni taqiqladi

1 daqiqa o'qish604
Coca-Cola ayrim yozuvlarni bankalarga tushirishni taqiqladi

Coca-Cola kompaniyasining xaridorlarga ichimlik bankalari va butilkalariga qisqa yozuvlar tushirish imkonini beruvchi onlayn xizmati kutilmagan muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar ayrim diniy va siyosiy mazmundagi iboralarni tizim qabul qilmayotganini, boshqa bahsli yozuvlarga esa ruxsat berilayotganini aniqlagan.

Fox News Digital o‘tkazgan tekshiruv davomida «Jesus is Lord» («Iso — Rabbiy») hamda «Free Palestine» («Falastinga ozodlik») kabi iboralar bloklangani aniqlangan. Shu bilan birga, ayrim ateistik va Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi mazmundagi iboralarni tizim qabul qilgani qayd etilgan.

Kompaniyaning shaxsiylashtirish xizmati 18 ta belgidan iborat yozuvlarni kiritish imkonini bergan. Tizim esa diniy, siyosiy, savdo belgilariga oid yoki nomaqbul deb topilgan ayrim so‘z va iboralarni avtomatik ravishda cheklagan.

Biroq tekshiruv davomida filtrning bir xil ishlamayotgani ma’lum bo‘lgan. Ayrim foydalanuvchilar oddiy so‘zlarni ham tizim qabul qilmayotganini, boshqa munozarali iboralar esa cheklovdan o‘tib ketayotganini ko‘rsatgan.

Coca-Cola yuzaga kelgan holatni texnik muammo bilan izohladi. Kompaniya vakili personalizatsiya xizmatining ayrim funksiyalari vaqtincha to‘xtatilgani va tizim qayta ko‘rib chiqilayotganini bildirgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bankalarga yoki butilkalarga tushiriladigan yozuvlar buyurtma yakuniy tasdiqlanishidan oldin qo‘shimcha moderatsiyadan o‘tkaziladi. Coca-Cola ushbu vositani iste’molchilar fikr-mulohazalari asosida takomillashtirishini ma’lum qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?