Saudiyada nikohsiz farzand ko‘rgan keniyalik ayolga 100 darra jazosiga hukm qilindi

1 daqiqa o'qish5
Saudiyada nikohsiz farzand ko‘rgan keniyalik ayolga 100 darra jazosiga hukm qilindi

Saudiya Arabistonida nikohsiz farzand ko‘rgan keniyalik ayol 100 darra urish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «The Guardian» nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayol mamlakatda uy ishlari va bola parvarishi bilan shug‘ullangan. U Misr fuqarosi bilan munosabatda bo‘lgan, ammo erkak farzand tug‘ilishidan oldin Saudiyani tark etgan.

Ayolning nikohsiz farzand ko‘rgani shifoxonaga murojaat qilganidan keyin ma’lum bo‘lgan. Sud esa unga 100 darra jazosi tayinlagan.

Huquq himoyachilari bu qarorni keskin qoralab, ayolni jazolash o‘rniga vatani — Keniyaga qaytarishga chaqirmoqda. Ayol esa intervyusida bunday jazoga chiday olmaslikdan qo‘rqayotganini bildirgan.

Mazkur holat xalqaro inson huquqlari tashkilotlari e’tiborini ham tortgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?