33 yil otboqarlik bilan shug‘ullanib, 100 ta ot o‘g‘irligida ayblangan otaxon sudda oqlanib yig‘lab yubordi

1 daqiqa o'qish7.1K
33 yil otboqarlik bilan shug‘ullanib, 100 ta ot o‘g‘irligida ayblangan otaxon sudda oqlanib yig‘lab yubordi

Aqto‘be viloyatida 100 ta otni o‘g‘irlaganlikda ayblangan 60 yoshli Rahat Sarsenov apellyatsiya sudi qarori bilan ozod qilindi. Sud avvalgi yetti yillik qamoq jazosi va 30 million tenge zararni undirish haqidagi hukmni bekor qildi.

Sarsenovga qarshi ish xo‘jalik egasining murojaatidan keyin qo‘zg‘atilgan. Birinchi sud uni yuzta ot yo‘qolishiga mas’ul deb topgan edi. Ammo ish qayta ko‘rib chiqilganda, aslida xo‘jalikdan faqat bitta ot yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi.

Rahat Sarsenov 1994 yildan buyon shu xo‘jalikda otboqar bo‘lib ishlab kelgan. Uning yaqinlari bildirishicha, erkak insultdan keyin og‘ir ahvolga tushgan, qo‘l-oyog‘i harakatlanmaydi va gapirishda qiynaladi.

Opasi Oltinay Sarsenovaning so‘zlariga ko‘ra, ukasi kasalligi va qo‘rquvi sabab ayrim hujjatlarga nimalar yozilganini anglamay turib imzo qo‘ygan. Oila o‘z uyi garovga qo‘yilganini ham keyinroq bilgan.

Sud majlisida Sarsenov hissiyotlarini yashira olmadi. Uning turmush o‘rtog‘i esa erining nohaq ayblanganini ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?