Qutqarilgan pingvin yillar davomida 8 ming km suzib, qutqaruvchisining oldiga qaytib kelmoqda

2011 yilda braziliyalik baliqchi Juan Pereyra de Souza sohilda neftga belangan, o‘lim yoqasidagi pingvinni topib olgan. U qushni tozalab, parvarish qilgan, sog‘aygach esa Din-Dim deb nomlab, yana dengizga qo‘yib yuborgan.
Biroq pingvin uzoqqa ketmagan. O‘sha kuniyoq u yana Juanning oldiga qaytib kelgan.
Keyinchalik Din-Dim har yili Argentina va Chili sohillari tomon yo‘l olib, 8 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishi, so‘ng yana Juan yashaydigan joyga qaytib kelishi bilan mashhur bo‘ldi.
Yana bir qiziq jihati, Din-Dim boshqa odamlarni o‘ziga yaqinlashtirmaydi va silashlariga ham yo‘l qo‘ymaydi. U faqat o‘zini qutqargan Juanga ishonch bildirishi aytilgan.































Izohlar 0
…