Starlink Chili osmonida: Vertolyotlar uchun 310 Mbit/s tezlikdagi internet

Starlink Chili osmonida: Vertolyotlar uchun 310 Mbit/s tezlikdagi internet

Chilining janubiy togʻ tizmalaridagi chekka hududlarda, anʼanaviy aloqa vositalari deyarli mavjud boʻlmagan joylarda vertolyot xizmatlari Starlink sunʼiy yoʻldosh internetidan foydalanishni boshladi. Tarmoq yerusti infratuzilmasini qurish imkonsiz boʻlgan Patagoniya va And togʻlari sharoitida barqaror keng polosali ulanishni taʼminlamoqda, bu esa aviatsiya xavfsizligi uchun oʻta muhimdir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Chili 2021-yilda xizmat ishga tushirilganidan buyon Starlink rivojlanishi uchun asosiy poligonlardan biri boʻlib qolmoqda. Avvalroq ushbu texnologiya olis maktablar va aholi punktlarini bogʻlash uchun qoʻllanilgan edi. 2025-yilning noyabr oyida esa mamlakatda smartfonlarga favqulodda aloqa uchun toʻgʻridan-toʻgʻri sunʼiy yoʻldosh signalini qabul qilish imkonini beruvchi Direct to Device funksiyasi joriy etildi.

Aviatsiya sohasida tizim vertolyotlar ishiga moslashtirilgan va parvoz vaqtida foydalanish uchun rasman ruxsat etilgan. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, uskunalar vertolyot ekspluatatsiyasi paytida yuzaga keladigan tebranishlar, harorat oʻzgarishi va yuklamalarga bardosh bera oladi. Tizim 310 Mbit/s gacha tezlik va 99 ms dan kam kechikish (latency) bilan ishlashni kafolatlaydi.

Ekipajlar uchun bu real vaqt rejimida ob-havo maʼlumotlarini olish, operatsiyalarni muvofiqlashtirish va videouloqaga chiqish imkoniyatini anglatadi. Taʼkidlash joizki, Starlink faqatgina 2026-yilning oʻzida 11 ta yangi aviakompaniyani oʻz tarmogʻiga jalb qilishga ulgurdi va global aviatsiya bozoridagi oʻrnini mustahkamlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar