Xitoydagi YTH hayratga soldi: avtomobil qoya devorida osilib qoldi

1 daqiqa o'qish445
Xitoydagi YTH hayratga soldi: avtomobil qoya devorida osilib qoldi

Xitoyning Chunsin shahrida tunnel kirish qismida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida oq rangli avtomobil qoya devorida osilib qoldi. G‘ayrioddiy "to‘xtash" holati ijtimoiy tarmoqlar va politsiya e’tiborini tortdi.

Videoregistrator tasvirlarida oq rangli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, tunnel kirish qismi yaqinida qoya devori va daraxtlar orasida tiqilib qolganini ko‘rish mumkin. Avtomobil shossedan chiqib ketgach, qoya devoriga ko‘tarilib, daraxtlar hamda elektr taqsimlash qutisi orasida qisilib qolgan.

Haydovchini xavfsiz qutqarish uchun voqea joyiga kelgan o‘t o‘chiruvchilar maxsus narvondan foydalangan. Ular haydovchini avtomobildan ehtiyotkorlik bilan olib tushishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozirda politsiya yo‘l-transport hodisasining yuz berish sabablari va barcha holatlarini o‘rganmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?