Bir yo‘lovchining gapi butun samolyot evakuatsiyasiga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish2.6K
Bir yo‘lovchining gapi butun samolyot evakuatsiyasiga sabab bo‘ldi

AQSHda bir yo‘lovchining aytgan bir og‘iz gapi tufayli yo‘lovchi samolyotida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Natijada bortdagi barcha yo‘lovchilar ehtiyot chorasi sifatida samolyotdan evakuatsiya qilindi. Bu haqda CBS News Detroit xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6 avgust kuni Frontier Airlines aviakompaniyasining Xyustondan Detroytga parvoz qilishi rejalashtirilgan 1958-reysi Jorj Bush nomidagi xalqaro aeroportdan uchishga tayyorlanayotgan vaqtda yo‘lovchilardan biri og‘zaki ravishda bomba bilan tahdid qilgan.

Shundan so‘ng xavfsizlik qoidalariga muvofiq samolyotdagi barcha yo‘lovchilar zudlik bilan bortdan tushirildi. Hodisa ortidan mahalliy va federal huquqni muhofaza qiluvchi organlar samolyotni to‘liq ko‘zdan kechirdi.

Aviakompaniya ma’lum qilishicha, tekshiruvlar davomida xavf tug‘diradigan hech qanday shubhali buyum aniqlanmagan. Keyinchalik yo‘lovchilar boshqa reysga qayta joylashtirilgan.

Huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan bir nafar shaxs qo‘lga olinganini tasdiqladi. Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?