Astronom rossiyaliklar qizil Oyni qachon ko‘rishi mumkinligini aytdi

Astronom rossiyaliklar qizil Oyni qachon ko‘rishi mumkinligini aytdi

Kamyob hodisa — qizil Oyni 2028 yil 31 dekabr kuni kechqurun Rossiyaning deyarli barcha hududlaridan ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu haqda astronom va astrofizik Dmitriy Vibe ma’lum qildi.

Moskva Planetariysi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 28 avgust kuni qisman Oy tutilishi vaqtida Oy diskining deyarli barcha qismi qizg‘ish tusga kiradi. Hodisa Moskva vaqti bilan taxminan soat 07:00 da sodir bo‘lib, bu vaqtda Oy diametrining 90 foizdan ortig‘i Yer soyasida qoladi.

Astronomning so‘zlariga ko‘ra, 2028 yil 31 dekabr — Yangi yil kechasida qizil Oy osmonni bezaydi. Uni Rossiyaning deyarli istalgan nuqtasidan, jumladan Moskva va Moskva viloyatidan ham kuzatish mumkin bo‘ladi.

Qizg‘ish tusga kirgan Oy Sharqiy Yevropa, Osiyo va Avstraliya osmonida ko‘rinadi. Vibening ta’kidlashicha, uni kuzatish uchun sharoit juda qulay bo‘lishi kutilmoqda. Hatto Rossiyaning Kaliningrad viloyatida ham qizil Oyni ko‘rish mumkin bo‘ladi.

«Hodisa taxminan soat 19:00–20:00 oralig‘ida sodir bo‘ladi. Oy osmonning sharqiy qismida, ufqdan ancha balandda joylashadi. Shuning uchun uni oddiy ko‘z bilan ham bemalol ko‘rish mumkin», — dedi astronom.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar