Qozog‘iston tengesi Yevropa va Osiyoda eng kuchli valyutaga aylandi

Qozog‘iston tengesi Yevropa va Osiyoda eng kuchli valyutaga aylandi

Qozog‘istonning milliy valyutasi tenge 2026 yilda AQSH dollariga nisbatan 9,7 foizga qimmatlashdi. Bunga xalqaro investorlarning mamlakat ichki qarzlariga qiziqishi va yuqori foiz stavkalari sabab bo‘layotgani aytilmoqda.

Financial Times xabariga ko‘ra, xalqaro investorlar Qozog‘istonning ichki qarzlarini faol sotib olmoqda. Bu esa mamlakat moliya bozoriga xorijiy kapital oqimini kuchaytirmoqda.

Markaziy Osiyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri bo‘lgan Qozog‘istonda yuqori foiz stavkalarining saqlanib qolayotgani xorijiy aktiv boshqaruvchilarining e’tiborini tortmoqda.

Investorlar uchun yuqori daromadlilik imkoniyati tengega bo‘lgan talabni oshirayotgan asosiy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda. 2026 yil boshidan buyon tenge AQSH dollariga nisbatan 9,7 foizga mustahkamlangan. Ushbu ko‘rsatkich uni Yevropa va Osiyodagi eng yaxshi natija ko‘rsatgan valyutalardan biriga aylantirgan.

Tenge faqat Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim valyutalaridan ortda qolgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar