Bolani urg‘ochi emas, erkak dengiz oti tug‘adi: tabiatning hayratlanarli siri

Tabiatda insonni hayratga soladigan hodisalar juda ko‘p. Shulardan biri — dengiz otlarida bolani urg‘ochi emas, aynan erkak olib yurishi va dunyoga keltirishi.
Oddiy qaraganda, bu ishonchsizdek tuyulishi mumkin. Ammo dengiz otlarida ko‘payish jarayoni boshqa jonzotlardan butunlay farq qiladi.
Tuxumlarni erkak qabul qiladi

Ko‘payish jarayonida urg‘ochi dengiz oti tuxumlarini erkakning qorin qismida joylashgan maxsus inkubatsiya xaltachasiga o‘tkazadi. Shundan keyin asosiy “mas’uliyat” erkakka yuklanadi.
Erkak tuxumlarni bir muddat maxsus xaltachasida saqlaydi. Bu vaqt davomida tuxumlar rivojlanib, mayda dengiz otlariga aylana boshlaydi.
Eng qiziqarlisi esa shundan keyin boshlanadi.
Erkak dengiz oti “tug‘adi”

Bolalar to‘liq shakllangach, erkak dengiz oti ularni xaltachasidan tashqi muhitga chiqaradi. Bu jarayon insondagi tug‘ish jarayoniga o‘xshamasa-da, biologik nuqtayi nazardan bolalarni dunyoga keltirish vazifasini erkak bajaradi.
Ayrim turlarda bir martada yuzlab mayda dengiz otlari tug‘ilishi mumkin. Yangi tug‘ilgan dengiz otlari esa darhol mustaqil hayot kechira boshlaydi.






























Izohlar 0
…