Shukurullo Isroilov yangi lavozimi va negativchilarga javob qaytardi (video)

Shukurullo Isroilov yangi lavozimi va negativchilarga javob qaytardi (video)

O‘zbek estradasi va satira sahnasining taniqli vakili, qiziqchi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur yangilik ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-munozaralarni keltirib chiqardi: ko‘pchilik san’atkorni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklagan bo‘lsa, ayrim foydalanuvchilar uning rahbarlik lavozimiga tayinlanishini tanqid ostiga oldi. Qiziqchi maxsus suhbatda barcha tanqidiy fikrlar va negativchilarga ochiqchasiga munosabat bildirdi.

«Omadini bersin deyish kerak»: Tanqidchilar kimlar?

Shukurullo Isroilov o‘ziga bildirilayotgan e’tirozlarning asl sabablarini ochiqlab, tanqidchilar toifasini aniq ko‘rsatib o‘tdi:

«Yo‘q, tanqid qilsa qilaveradi. Endi bu tanqidni kim qiladi? O‘sha yerda o‘tirgan bekorchilar, ishi yurishmagan odam, birovni ko‘ra olmaydiganlar tanqid qiladi.

Meni nega tanqid qilishi kerak? „Omadini bersin, sinab ko‘rsin“, deyishi kerak-ku! Yoqtirmasa, shunchaki yoqtirmasin, bo‘ldi. O‘sha odam haqida, san’atkor haqida gapirmasin», — dedi boshqarma rahbari o‘rinbosari.

«Yoqmasa Instagram'da o‘tkazib yubor»: Farosat va mas’uliyat haqida

San’atkor tarmoqlardagi asossiz haqoratlar va salbiy munosabatlarga qarshi o‘z tavsiyalarini bildirdi:

  • Ichingda qolsin: «Negativchilarga aytmoqchiman: shu san’atkorni yoqtirmayapsanmi, ichingda o‘zingda qolsin, bo‘ldi. Ko‘rma, Instagram'dan shunchaki o‘tkazib yubor. Yozib, uni haqorat qilishning nima keragi bor? Xuddi o‘zi zo‘rdek!»;

  • Farosat mezoni: «Aqlli, farosatli odam o‘zi yoqtirmagan insonni hech qachon muhokama qilmaydi, „qo‘y“ deydi. Farosati yo‘q odamgina negativ yozadi. Ishi yurishmagan, davlatga, vatanga, yurtga bir tiyinlik foydasi tegmagan odamning butun umri faqat negativ yozish bilan o‘tadi».

Yangi lavozimga kirishgan Shukurullo Isroilov o‘z faoliyatini poytaxt madaniyatini rivojlantirish va amaliy ishlar orqali isbotlash niyatida ekanini bildirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar