“Uyda yolg‘iz 2” aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

“Uyda yolg‘iz 2” aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

“Uyda yolg‘iz 2” filmidagi janob Hektor obrazi bilan tanilgan britaniyalik aktyor Tim Karri 80 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi 26 avgust kuni ma’lum qilingan.

Tim Karri 2026 yil 25 avgust kuni Los-Anjelesdagi uyida hayotdan ko‘z yumgan. Aktyorning o‘lim sababi hozircha ochiqlanmagan.

U kino, teatr, televideniye va musiqa sohalarida uzoq yillar faoliyat yuritib, turli avlod tomoshabinlari xotirasida qolgan ko‘plab obrazlarni yaratgan.

Karri 1992 yilda suratga olingan “Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda yo‘qolgan” filmida Nyu-Yorkdagi mashhur Plaza mehmonxonasi xodimi janob Hektor rolini ijro etgan.

Aynan shu obraz Tim Karrini o‘zbek tomoshabinlariga ham yaxshi tanishtirgan rollardan biri bo‘lgan. Aktyorning eng mashhur rollari orasida “It” filmidagi qo‘rqinchli masxaraboz Pennywise va “The Rocky Horror Picture Show”dagi Frank-N-Furter obrazi ham bor.

2012 yilda insultni boshdan kechirgan Karri shunga qaramay ijodiy faoliyatini davom ettirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar