Sun’iy intellekt shifokorlarga miyadagi o‘smani muvaffaqiyatli olib tashlashda yordam berdi

Buyuk Britaniyada sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida miya operatsiyasi o‘tkazilgan birinchi bemorning o‘smasi muvaffaqiyatli olib tashlandi. 48 yoshli Ris Xibbertning gipofiz bezida 11 millimetrli o‘sma aniqlangan.
Jarrohlik amaliyoti davomida sun’iy intellekt tizimi jarayonni real vaqt rejimida kuzatib borgan.
U shifokorlarga ayniqsa nozik va muhim tuzilmalarni aniqlashda yordam bergan. Jumladan, tizim:
muhim qon tomirlarini;
ko‘rish uchun mas’ul bo‘lgan tuzilmalarni aniqlashga ko‘maklashgan;
operatsiya vaqtida shifokorlarga qo‘shimcha ma’lumot taqdim etgan. Gipofiz bezi miya tagida joylashgani sababli uning atrofidagi qon tomirlari va ko‘rish bilan bog‘liq tuzilmalar operatsiya jarayonida alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Sun’iy intellektning real vaqt rejimida muhim anatomik tuzilmalarni ko‘rsatib berishi jarrohlar uchun qo‘shimcha yordamchi vosita bo‘lishi mumkin. Ris Xibbertning operatsiyasi sun’iy intellekt tibbiyotda amaliy jarayonlarga tobora chuqurroq kirib kelayotganini ko‘rsatadigan misollardan biri bo‘ldi.































Izohlar 0
…