Avaz Oxunning qaynona va kelin haqidagi hangomasi zalni larzaga keltirdi! (Video)

O‘zbek sahnasining taniqli qiziqchisi Avaz Oxun o‘zining navbatdagi konsert dasturida xalq orasidagi eng dolzarb va hamisha kuyunchak mavzulardan biri — qaynona va kelin munosabatlarini o‘ziga xos nozik hajv orqali talqin qildi. Uning «Qizim senga gapiraman, kelinim sen eshit» maqoliga hamohang tarzda tayyorlangan yangi sahna ko‘rinishi tomoshabinlar tomonidan gulduros olqishlar va qahqahalar bilan kutib olindi.
So‘z ustasi oiladagi ichki pichinglar va gap qochirish san’atini uy hayvonlari — mushuk hamda it misolida yuksak mahorat bilan ijro etib berdi.
«Mening uyimga yotgani kelganmisan?»: Qaynonaning mushukka «hujumi»
Qiziqchi qaynonaning kelinga to‘g‘ridan to‘g‘ri gapira olmay, aybni beozorgina yotgan pishakka to‘nkash sahnasini kulgili tarzda tasvirladi:
«Qaynona juda „shustraya“ ekan, kelinni tarbiyalashning yangi yo‘lini topibdi. Kelinning yonida yotgan mushukni borib bir tepibdi-da:
„Ha, miyovlamay o‘l, yotaverasanmi? Mening uyimga yotgani kelganmisan? Tong otgani qachon edi, kasofati? Qo‘shnilarni mushugi hovlini supurib bo‘ldi, sen bo‘lsang yotibsan uyimda haliyam, hey yotmay o‘l!“ — dermish.
Mushuk hayron: „Nima deyapti bu xotin, tushunmayapman?“ Zato kelin hammasini juda yaxshi tushunib olibdi».
«Rossiyadagi kuchugi uxlatmadi»: Kelinning it orqali qaytargan zarbasi
Kelin ham bunday piching oldida jim turmay, «gapni egasiga yetkazish»ning antiqa yo‘lini qo‘llagan:
Itni tepish va javob: Kelin o‘rnidan turib, avval mushukka qarab: «Bizning gapimiz bu, sen aralashma», debdi-da, hovliga chiqib yotgan itni bir tepibdi;
Kelinning zaharxandasi: It «Av!» desa, kelin: «Ha, akillamay o‘l! Men shu xonadonga kelganimdan beri akillaysan. Men sening akillashingni eshitgani kelganmanmi bu yerga? Qo‘shnining itini qara, bir marta „ak“ demaydi. Kechasi bilan Rossiyadagi kuchugi uxlatmadi „sog‘indim, sog‘indim jonim“ deb... Ha, sog‘ingan bo‘lsang, ke-ye-ye-l!», deya qaynonasiga munosib javob qaytargan.
Zaldagi qahqaha va muxlislar olqishi
Avaz Oxunning o‘ziga xos yuz ifodalari, ovoz tembri va harakatlari zal to‘la tomoshabinlarni kulgidan to‘xtata olmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan ushbu lavha foydalanuvchilar tomonidan «hayotiy va juda o‘rinli hajv» sifatida baholanmoqda.































Izohlar 0
…