Olmaota tog‘larida 4 ming metrdan ortiq balandlikda uch qiz adashib qoldi

Olmaota tog‘larida uch nafar qiz Satpayev cho‘qqisidan mustaqil ravishda tusha olmay qolgani sababli qutqaruvchilar yordamiga muhtoj bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, NUR.KZ xabar berdi.
Olmaota shahri Monitoring va tezkor javob qaytarish markazi qutqaruvchilari uch nafar qizga yordam ko‘rsatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, sayyoh qizlar Satpayev cho‘qqisidan tushayotgan vaqtda 4317 metr balandlikda qorong‘u tushishi sababli yo‘ldan adashib qolgan. Shu bois ular harakatni mustaqil ravishda davom ettira olmagan.
«Guruh qayerdaligi haqida qutqaruvchilarga ma’lumot kelib tushdi. Geolokatsiya ma’lumotlari yordamida mutaxassislar qizlarning aniq koordinatalarini tezkorlik bilan belgilab, ular tomon yo‘l oldi. Qutqaruvchilar sayyohlarni topib, so‘ng ularni xavfsiz yo‘nalish bo‘ylab “Edelveys” turistik bazasining shlagbaumigacha kuzatib bordi», — deyiladi FVV xabarida.
Yaxshiyamki, qizlar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.






























Izohlar 0
…