Kipr sohillarida parom ag‘darilib ketdi: qurbonlar bor

Shimoliy Kipr sohillari yaqinida yo‘lovchilarni olib ketayotgan parom cho‘kib ketdi. Kema bortida 279 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar borligi xabar qilinmoqda. Bu haqda NUR.KZ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 279 nafar yo‘lovchi bo‘lgan kema Girne shahri sohilidan 2–2,5 kilometr uzoqlikda cho‘ka boshlagan.
Kapitan kemaning suv ola boshlagani va keyin ag‘darilib ketganini ma’lum qilgan.
Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Hodisa joyi yaqinida bo‘lgan qayiqlar halokatga uchragan yo‘lovchilarga yordam berish uchun yetib kelgan.
Tan olinmagan respublika rasmiylari ag‘darilib ketgan kema bortida bo‘lgan bir necha kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.































Izohlar 0
…