Ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga bermaslik uchun o‘ldirdi

Ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga bermaslik uchun o‘ldirdi

QSHda 36 yoshli Medlin Veronika Deyli farzandining otasiga vasiylik huquqi berilishining oldini olish maqsadida 11 oylik o‘g‘lini olib qochib, uni o‘ldirgani aytildi. Bu haqda «Zakon.kz» The New York Post nashriga tayanib xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol bolaning otasi ixtiyoriga berilishini belgilagan sud qaroridan norozi bo‘lgan. Shu sababli u o‘g‘lini Vayoming shtatidan Nyu-Meksiko shtatiga olib ketgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Deylini Silver-Siti yaqinidagi avtofurgonlar turargohidan aniqlagan. Politsiya uning furgon ichiga kirib ketganini ko‘rgach, hududni o‘rab olgan va ichkariga kirish uchun tegishli orderni kutib turgan.

Tergov davomida ayol qilmishidan afsusda emasligini bildirgan. U farzandini otasi va uning qarindoshlaridan «saqlab qolgani»ni aytgan hamda bolaning otasi unga yetarlicha moliyaviy va jismoniy e’tibor qaratmagani, mehr ko‘rsatmaganini ta’kidlagan.

Sud jarayonida Deyli aybiga iqror bo‘lgan. Prokurorlar unga nisbatan eng og‘ir jazo — umrbod ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkinligini bildirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar