BAA Eronning AQSH aviabazasiga hujumlaridan so‘ng dronni tutib qolganini ma’lum qildi

BAA Eronning AQSH aviabazasiga hujumlaridan so‘ng dronni tutib qolganini ma’lum qildi

Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi mamlakatning hududiy suvlari ustida Eronga tegishli uchuvchisiz uchish qurilmasi tutib qolinganini ma’lum qildi. Bu haqda NUR.KZ xabar berdi.

BAA Mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berib, Eron tomonidan uchirilgan dron tutib qolinganini ma’lum qilgan.

«BAA Harbiy-havo kuchlari Eron tomonidan yaqinlashib kelayotgan uchuvchisiz qurilma mamlakatning hududiy suvlari ustida aniqlanganidan so‘ng chora ko‘rdi.

Mudofaa vazirligi Qurolli kuchlar har qanday ehtimoliy tahdidlarga qarshi turish uchun yuqori darajada shay holatda ekanini tasdiqlaydi. Havo hujumidan mudofaa tizimlari mamlakat havo hududini sutka davomida uzluksiz nazorat qilib, uni himoya qilishda davom etmoqda.

Shuningdek, vazirlik aholini axborot olishda faqat rasmiy manbalarga tayanishga hamda turli mish-mishlar yoki noaniq ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi», — deyiladi xabarda.

«Sinxua» agentligi xabar berishicha, Eron armiyasi BAA hududida joylashgan AQSHning Al-Minhad aviabazasiga dronlar yordamida hujum qilinganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Eron armiyasi aviabazada AQSH harbiy vertolyotlari va shaxsiy tarkibi joylashgan hududlarga bir necha o‘nlab dronlar orqali zarba bergan.

Avvalroq AQSH Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Eronga tegishli obyektlarga dengiz minalarini o‘rnatishning oldini olish maqsadida zarba bergani xabar qilingan edi. Eron esa javob zarbasi sifatida Iordaniyadagi AQSH harbiy aviabazalariga hujum qilganini ma’lum qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar