Elon Musk Yer yuzidagi hayotni milliard yilga saqlab qolish rejasini eʼlon qildi

Tadbirkor va muhandis Elon Musk insoniyat va Yer yuzidagi hayotni kelgusi milliard yil davomida saqlab qolishga qaratilgan ulkan loyihasini maʼlum qildi. ixbt.com nashrining xabar berishicha, ushbu tashabbus sayyoramizni kelgusidagi global iqlimiy va kosmik xavflardan himoya qilish uchun yirik texnologik yechimlarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlum qilinishicha, anʼanaviy qazilma yoqilgʻidan quyosh va shamol energiyasiga oʻtishning oʻzi yetarli emas. Elon Muskning fikricha, sayyoramizga har 100 million yilda bir marta sodir boʻlib, ommaviy qirgʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan ekstremal kosmik va tabiiy hodisalar tahdid solmoqda.
Kosmik ekranlar va sunʼiy intellekt
Insoniyat bu xavflarga qarshi turishi uchun Yer va Quyosh orasidagi fazoga sunʼiy intellekt bilan boshqariladigan quyosh energiyasida ishlovchi maxsus sunʼiy yoʻldoshlarni joylashtirishi kerak boʻladi. Ushbu qurilmalar fazodan turib Yerga tushayotgan quyosh nurlanishi oqimini tartibga solib turish vazifasini bajaradi.Ushbu ulkan sunʼiy yoʻldoshlarni Yer orbitasidan emas, balki Oydan turib uchratish taklif qilinmoqda. Oyning past gravitatsiyasi va atmosferaning yoʻqligi bunday murakkab jarayonlarni sezilarli darajada osonlashtiradi va raketa yoqilgʻisiga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi.
Oyda katapulta qurish
Loyihani amalga oshirish uchun Oydan kosmosga yuklarni chiqarib yuborishga moʻljallangan maxsus elektromagnit katapulta — tezlatkich qurish rejalashtirilgan. Ushbu qurilma raketa texnologiyalarisiz ham kerakli jihozlarni kosmosga yetkazib berish imkonini beradi.Shuningdek, sunʼiy intellektga asoslangan Grok xizmati baholariga tayanib, kelajakdagi iqlim oʻzgarishlarining xavflari ham tilga olindi. Xususan, noqulay ssenariy boʻyicha, agar okean sathining koʻtarilishi davom etsa, 2070-yilga borib muntazam suv toshqinlari Florida shtatining taxminan 5 foiz hududini suv ostida qoldirishi mumkin.






























Izohlar 0
…