G‘arbiy Qozog‘istonda bog‘cha hisobchisi o‘z maoshini 30 million tengega oshirgan

G‘arbiy Qozog‘istonda bog‘cha hisobchisi o‘z maoshini 30 million tengega oshirgan

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Sirim tumanidagi bog‘chalardan birining hisobchisi budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. U besh yil davomida o‘zining bank hisob raqamlariga shtat jadvalida belgilangan maoshidan ortiqcha ravishda 30 million tengadan ziyod (qariyb 65 ming dollar) mablag‘ o‘tkazgan.

Bu haqda G‘arbiy Qozog‘iston viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

Prokuratura tekshiruvi davomida bog‘cha hisobchisi bir necha yil davomida o‘z maoshini asossiz ravishda oshirib, qo‘shimcha mablag‘larni shaxsiy bank hisob raqamlariga o‘tkazib kelgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 189-moddasi 4-qismi 2-bandi — (o‘ta yirik miqdorda o‘zlashtirish) bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlangan. Keyinchalik ishni davom ettirish uchun G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Iqtisodiy tergov departamentiga yuborilgan.

Ayni paytda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, mazkur modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxsga mol-mulkini musodara qilish, muayyan lavozimlarda ishlash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish bilan birga 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar