Ko‘p sayohat qilgan Yulduz Rajabova kutilmagan javob berdi

O‘zbekistonlik aktrisa Yulduz Rajabova Yulduz Rajabovadan qayta-qayta borishni xohlaydigan uchta davlat nomi so‘raldi. Ko‘plab mamlakatlarga sayohat qilgan aktrisaning javobi esa ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi.
Aktrisa chet ellarga chiqish va yangi joylarni ko‘rishni yaxshi ko‘rishini aytdi. Biroq u har qanday safardan keyin doimo o‘z uyiga, O‘zbekistonga qaytishni sog‘inishini ta’kidladi.
«Chet elga chiqishni yaxshi ko‘raman, lekin har doim uyga qaytib kelishni xohlayman. Shuning uchun O‘zbekistonga qaytishni tanlardim», — degan aktrisa.
Yulduz Rajabovaning aytishicha, u tashrif buyurgan davlatlar orasida hali uning qalbidan O‘zbekistonchalik chuqur joy olgan mamlakat uchramagan.
Shu tariqa, aktrisaning eng sevimli manzili yana bir bor — o‘z Vatani O‘zbekiston ekani ma’lum bo‘ldi.






























Izohlar 0
…