11 mingdan ortiq pirsing: Eleyn Devidson qanday rekord o‘rnatgan?

11 mingdan ortiq pirsing: Eleyn Devidson qanday rekord o‘rnatgan?

Shotlandiyalik Eleyn Devidson tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos uslubi bilan butun dunyo e’tiborini tortgan. U tanasiga 11 mingdan ortiq pirsing va turli metall bezaklar o‘rnatib, g‘ayrioddiy rekord qayd etgan.

Uning tanasidagi son-sanoqsiz bezaklar Eleynni dunyoda eng ko‘p pirsingga ega inson sifatida tanilishiga sabab bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich uning nomi Ginnes rekordlari bilan bog‘lanishiga olib kelgan.

Eleynning rang-barang va boshqalardan keskin farq qiladigan qiyofasi ko‘pchilikda hayrat uyg‘otadi. Uning rekordi yillar davomida eng g‘ayrioddiy rekordlardan biri sifatida tilga olib kelingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar