Auksion savdolarida sotilgan mol-mulklardan tushgan pul mablag‘lari davlat budjetiga yo‘naltiriladi

Auksion savdolarida sotilgan mol-mulklardan tushgan pul mablag‘lari davlat budjetiga yo‘naltiriladi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida, mol-mulklarni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi jami 1 mlrd. 747 mln. so‘mlik 817 ta ijro hujjatlarining ijrosi amalda ta’minlangan.

Ushbu turdagi ijro hujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, davlat daromadiga o‘tkazilishi belgilangan tegishli 21 mlrd. 205 mln. so‘mlik 147 ta mol-mulklar xatlanib auksion savdosiga chiqarilgan bo‘lsa, shundan 7 mlrd. 672 mln. so‘mlik 108 tasi o‘tkazilgan auksion savdolarida sotilib, sotuvdan tushgan pullar davlat daromadiga o‘tkazilgan.

Masalan, Byuroning Nukus shahar bo‘lim ish yurituvidagi Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining qaroriga asosan Nukus shahrida joylashgan qiymati 1,4 mlrd. so‘mlik ko‘chmas mulkni davlat foydasiga o‘tkazish belgilangan bo‘lib, ushbu ko‘chmas mulk tegishli tartibda xatlovga olinib auksion savdosiga chiqarilgan hamda 06.08.2026 yili o‘tkazilgan auksion savdosida sotilib sotuvdan tushgan pul mablag‘lari davlat budjetiga yo‘naltirilgan.
Bu boradagi ishlar davlat budjeti barqarorligida muhim o‘rin tutadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar