Toshkent viloyatida garovdagi uy sotildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi ish yurituvida sudning ijro varaqasiga asosan qarzdor S.M.dan undiruvchi XATB Davr Bank foydasiga 284.3 mln. so‘m undirish hamda undiruvni Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, “Yangiobod” MFY, Beruniy ko‘chasi 103-uy manzilida joylashgan turar joy obyektiga qaratish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud.
Mazkur ijro ishi ijrosini ta’minlash yuzasidan garov mulki hatlanib, 300 mln. so‘m boshlang‘ich bahosida auksion savdolariga chiqarilgan.
Auksion savdolari natijalariga ko‘ra, mazkur ko‘chmas mulk obyekti 330 mln. so‘mga realizatsiya qilinib, savdodan tushgan pul mablag‘lari bank foydasiga o‘tkazib berilgan.































Izohlar 0
…