Uyiga bostirib kirgan o‘g‘rini adabini bergan 82 yoshli Villi Merfi barchaning e’tiboriga tushdi

Nyu-Yorkda 82 yoshli Villi Merfi uyiga bostirib kirgan erkakka qarshilik ko‘rsatib, voqeadan so‘ng internetda mashhur bo‘lib ketdi. Bosqinchi o‘zini kasal qilib ko‘rsatib, eshikni ochtirishga uringan, biroq keksa ayol uning gaplariga ishonmagan.
Voqea kechasi bir erkak Merfining eshigini taqillatib, o‘zini betob qilib ko‘rsatgan va tez yordam chaqirishni so‘ragan. Ayol shubhalanib, eshikni ochmagan.
Oradan ko‘p o‘tmay, erkak eshikni sindirib, uyga bostirib kirgan.
Ammo bosqinchi oddiy keksa ayolga emas, muntazam sport bilan shug‘ullanadigan 82 yoshli bodibilderga duch kelgan.
Merfi uy-ro‘zg‘or buyumlaridan foydalanib, bosqinchiga qarshilik ko‘rsatgan va politsiya kelguniga qadar uni ushlab turgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u 102 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikni ko‘tara oladi. Politsiya yetib kelgach, jarohatlangan gumonlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan. Voqeadan keyin intervyu bergan 82 yoshli ayol vaziyatni xotirjamlik bilan izohlab, qisqa va esda qolarli jumlani aytgan:
"U noto‘g‘ri uyni tanlabdi."































Izohlar 0
…