Elektrosamokat batareyasi portlab, ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Rossiyaning Tyumen viloyatida elektrosamokat akkumulatorining portlashi ko‘p qavatli uyda katta yong‘inga sabab bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana bir kishi jarohatlangan.
Ma’lum qilinishicha, voqea 17 sentyabr kuni ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Bu haqda «SHOT» nashri xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xonadondagi elektrosamokat zaryadga ulangan paytda uning akkumulatori portlagan. Shundan so‘ng yong‘in kelib chiqib, xonadonni qisqa vaqt ichida tutun va alanga qamrab olgan.
Hodisa vaqtida uyda qiz va uning yigiti bo‘lgan. Ular yong‘indan qutulish uchun xonadondan chiqishga uringan va deraza orqali tashqariga chiqib, pastga osilib qolgan.
Yigit pastki qavatdagi xonadonga o‘tib, qutulishga muvaffaq bo‘lgan. Qiz esa balandlikdan qulab tushgan va og‘ir jarohatlar oqibatida halok bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘inga aynan elektrosamokat akkumulatorining nosozligi yoki zaryadlash jarayonidagi boshqa omillar sabab bo‘lgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanmoqda.






























Izohlar 0
…