Erdo‘g‘an bilan sun’iy intellekt orqali "suratga tushgan" erkak ushlandi: suratlar ortidagi haqiqat fosh bo‘ldi

Erdo‘g‘an bilan sun’iy intellekt orqali "suratga tushgan" erkak ushlandi: suratlar ortidagi haqiqat fosh bo‘ldi

Anqarada sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan soxta suratlar sabab bir erkak qo‘lga olindi. U AI orqali o‘zini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va adliya vaziri Akin Gyurlek bilan birga turgandek ko‘rsatgan.

Cumhuriyet nashrining yozishicha, erkak sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan suratlarni WhatsApp statusiga joylashtirgan va ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqatgan.

Suratlarda u go‘yoki mamlakatning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashgandek taassurot uyg‘otgan.

Biroq suratlar haqiqiy emas, ular sun’iy intellekt yordamida yaratilgan.

Erkak yolg‘on ma’lumot tarqatish hamda o‘zini nufuzli shaxslar bilan aloqador qilib ko‘rsatishda gumon qilinmoqda. Anqara prokuraturasi ushbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar