Toshkentda butilkalarni pulga topshirish imkonini beruvchi fendomatom paydo bo‘ldi

Toshkentda plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirib, buning evaziga pul olish mumkin bo‘lgan ilk fendomatom taqdim etildi. Qurilma chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta ishlashga yo‘naltirish uchun xizmat qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fendomatomga plastik, shisha va alyuminiy butilkalarni topshirish mumkin. Har bir idish uchun 150 so‘mdan mukofot berilishi aytilmoqda.
Yig‘ilgan mablag‘ foydalanuvchining hisobiga o‘tkaziladi. Uni xayriya uchun yo‘naltirish imkoniyati ham mavjud.
Qurilmaning taqdimoti 23-sentyabr kuni Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko‘chasi, 7A-manzilda, Ekologiya milliy qo‘mitasi binosi oldida o‘tkazilgani xabar qilindi. Bunday qurilmalar aholining chiqindilarni saralab yig‘ishga qiziqishini oshirish va qayta ishlanadigan materiallarni oddiy axlatdan ajratishga xizmat qiladi.































Izohlar 0
…