Rossiyada O‘RVI, gripp va COVID-19 bilan kasallanish keskin oshdi

Rossiyada O‘RVI, gripp va COVID-19 bilan kasallanish keskin oshdi

Rossiyada respirator infeksiyalar tarqalishi kuchaymoqda. 2026 yilning 38-haftasida O‘RVI, gripp va COVID-19 bilan kasallanishning 734 mingta holati qayd etilgan. Bu avvalgi haftaga nisbatan 33,8 foizga ko‘p.

Bu haqda Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasini nazorat qilish federal xizmati — Rospotrebnadzor ma’lum qildi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda respirator infeksiyalar tarqalishining intensivligi ortib bormoqda.

Bir hafta ichida 734 mingta holat qayd etildi.

Rospotrebnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, joriy mavsumda gripp bilan kasallanishning eng yuqori ko‘rsatkichi Yangi yil bayramlari arafasida kuzatilishi kutilmoqda. Respirator infeksiyalar bo‘yicha vaziyat mutaxassislar kuzatuvida qolmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar