Qozog‘istonda 100 yoshdan oshgan 300 nafar fuqaro bor: eng keksa ayol 116 yoshda

Qozog‘istonda 100 yoshdan oshgan 300 nafar fuqaro bor: eng keksa ayol 116 yoshda

Qozog‘istonda 100 yosh va undan katta bo‘lgan 300 nafar fuqaro yashaydi. Bu haqda Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga tayanib, Zakon.kz xabar berdi.

Mamlakatdagi eng keksa ayol Ulitau viloyatida yashaydi. U 2026 yilda 116 yoshini qarshi olgan.

Uzoq umr ko‘ruvchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni mamlakatning eng yirik megapolisi — Olmaota shahri egallagan. Bu yerda 100 yosh va undan katta 41 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Bu haqda 2026 yil 3 oktyabr kuni vazirlik ma’lum qildi.

Ikkinchi o‘rinda Turkiston viloyati bo‘lib, u yerda 100 yoshdan oshgan 32 nafar kishi yashaydi. Olmaota viloyati esa 25 nafar uzoq umr ko‘ruvchi bilan uchinchi o‘rinda.

Qozog‘istondagi eng keksa uch nafar fuqaro qatoriga Ulitau viloyatidagi 116 yoshli, Pavlodar viloyatidagi 114 yoshli va Qostanay viloyatidagi 111 yoshli aholi vakillari kiradi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil boshida Qozog‘istonda 60 yosh va undan katta aholi soni 2 million 923 ming 472 nafarni tashkil etgan. Bu mamlakat umumiy aholisining 14,2 foiziga teng.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar