MrBeast 24 soatlik ko‘rishlar bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi

MrBeast 24 soatlik ko‘rishlar bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi

YouTube yulduzi MrBeast'ning yangi videosi e’lon qilinganidan keyingi dastlabki 24 soat ichida qariyb 72 million marta ko‘rildi. Bu uning bir sutkalik ko‘rishlar bo‘yicha shaxsiy rekordiga aylandi. Bu haqda Dexerto xabar berdi.

“Eat Everything In A Grocery Store, Win $1,000,000” deb nomlangan videoda to‘rt nafar ishtirokchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘la do‘konda qolib, undagi barcha mahsulotlarni yeyish uchun kurashadi. G‘olibga 1 million dollar mukofot va’da qilingan.

MrBeast'ning o‘zi video faoliyati davomida 24 soat ichida eng ko‘p ko‘rilgan videosi bo‘lganini ma’lum qilgan. Shuningdek, tomoshabinlar uni o‘rtacha 20 daqiqadan ko‘proq tomosha qilgan, umumiy tomosha vaqti esa 1 milliard daqiqadan oshgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar