MrBeast O‘zbekistonga keladi: Toshkentda muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazadi

Dunyoga mashhur bloger va kontent yaratuvchi MrBeast taxallusi bilan tanilgan Jimmi Donaldson O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U 9 oktyabr kuni Toshkentda tashkil etiladigan jamoatchilik dasturida ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbirda qatnashish uchun muxlislar 6–8 oktyabr kunlari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Ishtirokchilar orasidan talabga javob beradigan arizalar tasodifiy tarzda tanlab olinadi. Tanlangan muxlislar bloger bilan shaxsan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tadbirda ishtirok etish bepul.
Uchrashuv interaktiv o‘yinlar va trivia viktorinasi shaklida tashkil etiladi. Unda MrBeast faoliyati hamda kam tanilgan faktlarga oid savollar beriladi. G‘oliblarga qimmatbaho sovrinlar topshirilishi rejalashtirilgan. Tadbirda faqat 18 yoshdan katta shaxslar qatnasha oladi.
Qoidalarga ko‘ra, har bir ishtirokchi o‘z nomidan faqat bir marta ariza topshirishi mumkin. Tadbirga kirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ro‘yxatdan o‘tganlik tasdig‘i talab qilinadi.
Tashrif O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.































Izohlar 0
…