"Dunyoning oxirigacha oz kunlar qoldi": Janubiy afrikalik ruhoniyning bashorati internetda shov-shuvga sabab bo‘ldi

Janubiy afrikalik pastor Joshua Mlakela dunyoning oxiri 12–13 oktyabr kunlari sodir bo‘lishini da’vo qildi.
Ruhoniyning aytishicha, u ilgari bashorat qilgan voqea aynan shu kunlarda yuz beradi. Uning bu bayonotlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.
Ayrimlar esa pastorning da’vosini hazilga aylantirib, ijtimoiy tarmoqlarda turli kinoyali postlar tarqatmoqda. Jumladan, «dushanba kuni ishga chiqmasa ham bo‘ladi», degan mazmundagi hazillar ham paydo bo‘lgan.
Hozircha Mlakelaning dunyoning oxiri haqidagi da’vosini tasdiqlovchi ilmiy dalillar mavjud emas.































Izohlar 0
…