Amerikalik maktab o‘quvchisining noodatiy loyihasi: burger ta’mli pomidor!

Amerikalik maktab o‘quvchisi Gabriella Rotberg noodatiy loyihasi bilan e’tibor markaziga tushdi. 17 yoshli qiz oddiy pomidorga burgerga xos ta’m berish ustida ishlamoqda. Uning Impossible Vines deb nomlangan loyihasi AQSHda patent ham olgan.
Gabriellaning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi oilasidagi muhit bilan chambarchas bog‘liq. Uning otasi biotexnologiya sohasida faoliyat yuritadi, onasi esa saraton kasalligini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Shu bois qiz yoshligidan ilmiy izlanishlarga qiziqib kelgan.
G‘ayrioddiy g‘oya Gabriellada 15 yoshida paydo bo‘lgan. U oshxonada sendvich tayyorlayotgan paytda pomidorning ta’mini o‘zgartirish va unga burgerga xos ta’m berish imkoniyati haqida o‘ylab qolgan. Keyinchalik bu fikr alohida ilmiy loyihaga aylangan.
Gabriellaning tashabbusi yoshlarning ijodkorligi va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi noodatiy g‘oyalarni yuzaga chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Burger ta’mli pomidorning kelajakda amaliyotga qanday tatbiq etilishi esa loyiha rivojiga bog‘liq.































Izohlar 0
…