Dahshatli lahzalar: Xitoyda 3 yoshli qizaloq 12-qavat derazasidan osilib qoldi

Dahshatli lahzalar: Xitoyda 3 yoshli qizaloq 12-qavat derazasidan osilib qoldi

Xitoyning Futszyan provinsiyasida uch yoshli qizaloq ko‘p qavatli uyning 12-qavatidagi deraza panjarasiga ilinib, tashqarida osilib qoldi. Voqea 17-oktyabr kuni Chjanjin shahrida sodir bo‘lgan.

Xavfli vaziyatni ko‘rgan qo‘shnilar va qo‘riqlash xizmati xodimlari darhol yordamga shoshilgan. Qizaloq pastga tushib ketmasligi uchun ular bino ostida stulni tutib turishgan.

Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar xonadonga kirib, bolani xavfsiz tarzda qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda qizaloq uyda yolg‘iz bo‘lgan. Qutqaruvdan so‘ng u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga olib borilgan.

Ushbu hodisa yosh bolalarni uyda qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, deraza va balkonlarda bolalar xavfsizligini ta’minlash muhimligini yana bir bor eslatadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar