Irkutskda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ota 17 yoshli qizini kaltaklab, to‘rtinchi qavat derazasidan itarib yubordi

Irkutsk shahrida 44 yoshli erkak voyaga yetmagan qizini shafqatsizlarcha kaltaklab, keyin uni to‘rtinchi qavatdagi xonadon derazasidan itarib yuborgan. 17 yoshli qiz og‘ir tan jarohatlari bilan tirik qolgan va shifoxonada tergovchilarga voqea tafsilotlarini aytib bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea qiz maktabda bo‘lishi kerak bo‘lgan paytda ko‘chada yigit bilan uchrashgani sabab boshlangan. Qiz ota-onasidan yashirincha maktabdan chiqib ketgan. Bundan g‘azablangan otasi uni "jazolash"ga qaror qilgan.
Erkak dastlab qizini urib, avtomobiliga o‘tqizgan. Keyinchalik zo‘ravonlik mashinada, uning ish joyida va uyida ham davom etgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak qizini metall shlang va yog‘och brus bilan ham kaltaklagan.
Shundan so‘ng u qizini to‘rtinchi qavatdagi derazadan itarib yuborgan. Qiz og‘ir jarohat olgan bo‘lsa-da, tirik qolgan. Irkutskning Leninskiy tumani sudi erkakni voyaga yetmagan shaxsni qiynash va qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilishda aybdor deb topdi. U 7 yil 6 oyga qat’iy rejimli koloniyaga yuborildi. Hukm hozircha qonuniy kuchga kirmagan.































Izohlar 0
…