Ukrainada mashhur «Qizaloq va maymoq» multfilmini ko‘rishga taqiq qo‘yildi

1 daqiqa o'qish139
Ukrainada mashhur «Qizaloq va maymoq» multfilmini ko‘rishga taqiq qo‘yildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ukrainada «Qizaloq va maymoq» multserialini yaratish va tarqatishga aloqador besh nafar rossiyalik hamda to'rtta tashkilotga qarshi 10 yil muddatga sanksiyalar joriy etildi.
  • Cheklovlar «Animakkord» studiyasi, uning asoschisi va bosh direktori, shuningdek, ssenariy muallifi, rejissyori, prodyuseri, serial hammuallifi va huquqlari egasiga nisbatan qo'llangan.

Ukrainada bolalar orasida mashhur bo‘lgan «Qizaloq va maymoq» multseriali bilan bog‘liq rossiyalik shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. Mamlakat tomoni multserialni yaratish va tarqatishga aloqador besh nafar rossiyalik hamda to‘rtta tashkilotga qarshi cheklovlar qo‘llagan. Bu haqda RBK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sanksiyalar multserialni ishlab chiqaruvchi «Animakkord» studiyasi, uning asoschisi va bosh direktori, shuningdek, ssenariy muallifi, rejissyori va prodyuseri, serialning hammuallifi hamda multfilm huquqlari egasiga nisbatan joriy qilingan.

Ushbu cheklovlar 10 yil muddatga amal qilishi belgilangan.

Ukraina tomonining bildirishicha, multserial bolalar uchun mo‘ljallangan kontent ko‘rinishida Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan g‘oya va qarashlarni tarqatadi. Rasmiylar bunday kontent mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Multserialni platformalarda bloklash rejalashtirilmoqda

Ukraina Madaniyat vaziri Tatyana Berejnaning ta’kidlashicha, joriy etilgan sanksiyalar mamlakat hududida multserial kontentini bloklash uchun huquqiy asos yaratadi.

Shuningdek, Ukraina Netflix va YouTube kabi xalqaro platformalarga murojaat qilib, sanksiyaga tushgan shaxslar bilan hamkorlikni to‘xtatish, kontentni monetizatsiya qilish va uni tarqatishni cheklashni so‘rashi mumkin.

Multserial milliardlab marta tomosha qilingan

Ma’lumot uchun, «Qizaloq va maymoq» rus xalq ertagi asosida yaratilgan bo‘lib, qizaloq va maymoqning turli sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

Multserial YouTube tarixidagi eng mashhur animatsion loyihalardan biri hisoblanadi. Uning «Qizaloq plyus bo‘tqa» («Masha plyus kasha») nomli yetti daqiqalik epizodi 4,6 milliarddan ortiq marta tomosha qilingan.

Ushbu ko‘rsatkich multfilm epizodini YouTube'dagi eng ko‘p ko‘rilgan animatsion videolardan biriga aylantirgan. Loyiha shuningdek, platformaning eng mashhur animatsion videolaridan biri sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?