
Kanadaning maxsus sara qo‘shinlari snayperi Iroqda 3540 metr uzoqlikdan jangarini o‘ldirib, jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Nashrning xabar berishicha, Joint Task Force 2 (JTF2) qo‘shini xodimi joriy yilning may oyida Iroqda “Islom davlati” terrorchilik guruhining jangarisini uzoq masofadan turib, bir o‘q bilan otib o‘ldirgan. Kanada armiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan mazkur snayperning ism-sharifini, harbiy operasiya bo‘lib o‘tgan joyni oshkor etmadi. Mazkur hodisani snayperning sherigi videoga olgan.
Rekordchi snayper McMillan TAC-50 vintovkasidan foydalangan holda, baland inshoot ustidan turib, o‘q uzgan. Oldingi jahon rekordi britaniyalik snayper Kreyg Xarrisonga tegishli bo‘lib, u 2009 yilda 338 Lapua Magnum vintovkasida 2475 metr masofadan turib, “Tolibon” terrorchilik guruhi jangarisini otib o‘ldirgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar