12:24 / 25.06.2017
6 361

Hayit kuni Iroqda xudkush-terrorchi qochoqlar ichida o‘zini portlatib yubordi

Hayit kuni Iroqda xudkush-terrorchi qochoqlar ichida o‘zini portlatib yubordi
Bugun, 25 iyun kuni arab mamlakatlarida Ramazon hayiti nishonlanmoqda. Iroqning terrorchilar qurshovi ostidagi Mosul shahrida ayni shu kuni kuchli portlash hodisasi kuzatildi.

Portlash natijasida 12 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishilar jiddiy jarohat olishdi. Bu haqda “France Press” agentligi xabar berdi.

Portlash Mosulning Mashahda kvartalida sodir bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, xudkush-terrorchi urush davom etayotgan shaharni tark etayotgan olomon orasida o‘zini portlatib yuborgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida ayollar va bolalar ko‘pchilikni tashkil etadi.

“Xudkush harbiylarimiz tomon yaqinlashib kelayotgan bir guruh odamlar orasida o‘zini portlatdi. Uning maqsadi oddiy fuqarolarni shahardan ko‘chirmaslik bo‘lgan. Hujum ortida IShID terrorchilik guruhi turgan bo‘lishi mumkin”, deydi Iroq xarbiy xizmati vakili.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hayit kuni Iroqda xudkush-terrorchi qochoqlar ichida o‘zini portlatib yubordi